Yetim bolalar va ota-onasining yoki boshqa qonuniy vakillarining qaramog‘idan mahrum bo‘lgan bolalar huquqlari kafolatlarining huquqiy asoslarini takomillashtirish,
ijtimoiy himoyaga muhtoj bolalarni qo‘llab-quvvatlash tizimini yanada kuchaytirish maqsadida O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 21-noyabrda 739-son "Yetim bolalar va ota-onasining yoki boshqa qonuniy vakillarining qaramog‘idan mahrum bo‘lgan bolalarning ijtimoiy himoyasini yanada kuchaytirish chora-tadbirlari to‘g‘risida"gi qarori qabul qilingan. Ushbu qarorning, 1-ilovasi "Umumiy o‘rta ta’lim muassasalari, akademik litsey, kasb-hunar maktablari, kollejlar va texnikumlarda ta’lim olayotgan to‘liq davlat ta’minotida bo‘lgan yetim bolalar va ota-onasining yoki boshqa qonuniy vakillarining qaramog‘idan mahrum bo‘lgan bolalarni pul nafaqalari hamda oziq-ovqat, kiyim-bosh, poyabzal va boshqa buyumlar bilan ta’minlash tartibi to‘g‘risida"gi nizomga asosan, to‘liq davlat ta’minotida bo‘lgan yetim bolalar va ota-onasining yoki boshqa qonuniy vakillarining qaramog‘idan mahrum bo‘lgan bolalar ta’lim muassasalarini bitirib, ishga qabul qilinayotganda kiyim-bosh, poyabzal va boshqa buyumlar sotib olish uchun nafaqa to‘lash bilan bog‘liq xarajatlar davlat ta’lim muassasalari faoliyatini moliyaviy ta’minlash uchun tegishli yilga nazarda tutiladigan O‘zbekiston Respublikasi Davlat budjeti mablag‘lari hisobiga qoplanadi.
To‘liq davlat ta’minoti pul nafaqalari hamda oziq-ovqat mahsulotlari, kiyim-bosh, poyabzal va boshqa buyumlar, shuningdek, transportda yurish kartochkalaridan iborat bo‘ladi.
Agar o‘quvchi (talaba)ning yashash joyi u ta’lim olayotgan ta’lim muassasasi joylashgan joydan 3 kilometrdan ortiq masofani tashkil etsa, o‘quvchilar transportda yurish kartochkalari bilan ta’minlanadi.
Shuningdek, Ta’lim muassasasida ta’lim olayotgan vaqtida voyaga yetganligi (18 yoshga to‘lganligi) munosabati bilan vasiyligi (homiyligi), oilaga tarbiyaga (patronat) berilganligi to‘htatilgan yoki bekor qilingan o‘quvchilarga shaxsiy xarajatlari uchun muassasani tamomlagunlariga qadar har oyda bazaviy hisoblash miqdorining ikki baravari miqdorida pul mablag‘lari berib boriladi. Yetim bolalar va ota-onasining yoki boshqa qonuniy vakillarining qaramog‘idan mahrum bo‘lgan bolalarga shu kabi boshqa imtiyozlar beriladi.
M.Rаupov,
Samarqand tuman adliya bolimi yuridik xizmat ko‘rsatish markazi bosh yuristkonsulti.
Copyright © 2024. Гулобод тонги. Сайт материалларидан фойдаланганда www.gulobodtongi.uz манбаи кўрсатилиши шарт.
Матнда хатолик топдингизми? Матнни танлаб CTRL+ENTER босинг.