Гулобод тонги Халқ депутатлари Самарқанд туман Кенгаши ва туман ҳокимлиги газетаси
Гулобод тонги Халқ депутатлари Самарқанд туман Кенгаши ва туман ҳокимлиги газетаси
www.gulobodtongi.uz

 
 

Yangiobod mahallasida yangi sport zali ochildi

Samarqand tumani Yangiobod mahallasida zamonaviy tipda qurilgan sport zalining ochilish marosimi bo‘lib o‘tdi.

Unda tuman hokimi S.Usmanov, Xalq qabulxonasi mudiri I.Murodov, sektor rahbarlari va keng jamoatchilik vakillari ishtirok etdi.

Tadbirda so‘zga chiqqanlar yurtimizda sportga va yoshlarga qaratayotgan e’tibor, yaratilayotgan imkoniyatlar xususida to‘xtaldi.
Qayd etish kerakki, so‘ngi turdagi zamonaviy sport anjomlari bilan jihozlangan sport majmuasida muay tay, karate, badiiy gimnastika kabi sport turlari bo‘yicha to‘garaklar faoliyati yo‘lga qo‘yilgan.

Tadbir davomida ishtirokchilar yaratilgan sharoitlar bilan tanishdi.


Дата добавления: 04/08/2023 12:07;   Просмотров: 4450
 
Для чтения текста нажмите эту кнопку