Гулобод тонги Халқ депутатлари Самарқанд туман Кенгаши ва туман ҳокимлиги газетаси
Гулобод тонги Халқ депутатлари Самарқанд туман Кенгаши ва туман ҳокимлиги газетаси
www.gulobodtongi.uz

 
 

Xitoy tajribasi o‘rganilmoqda

Prezident huzuridagi Davlat xizmatini rivojlantirish agentligi Davlat boshqaruvi akademiyasi bilan hamkorlikda Milliy kadrlar 

zaxirasiga kiritilgan nomzodlardan iborat bir guruh davlat xizmatchilari uchun Xitoyga 5 kunlik malaka oshirish dasturini tashkil etdi.

Ayni damda Dastur ishtirokchilari Xitoyning Chengdu shahrida bo‘lib turubdi. U yerda barqaror iqtisodiy va ijtimoiy rivojlanishi, aholi bandligini ta’minlash, ularning turmush tarzini yaxshilash, xizmat ko‘rsatish sohasini raqamlashtirishga doir Xitoy tajribasi o‘rganilmoqda.

Shuningdek, Dastur doirasida delegatsiya a’zolari Sichuan provinsiyasining Iqtisodiy hamkorlik byurosi, Qishloq xo‘jaligini rivojlantirish departamenti va boshqa kator tashkilotlarda bo‘lishadi. Chengdu shahrining iqtisodiy yuksalishi bilan bog‘liq ob’yektlarga tashrif buyuradilar. Ushbu delegatsiya azolari tarkibida Samarqand tumani hokimining birinchi o‘rinbosari F.Gʻaniyev ham ishtirok etmoqda.


Дата добавления: 20/05/2024 13:40;   Просмотров: 107
 
Для чтения текста нажмите эту кнопку