Samarqand viloyat Soliq boshqarmasi boshlig‘i A.Inagamov, tuman hokimi S.Usmanov, Samarqand tumanidagi Xalq qabulxonasi mudiri I.Murodov, tuman prokurori U.Muhammadiyevlar ishtirokida o‘tgan qabulda 60 dan ortiq fuqaroning murojaati tinglandi.
O‘tkazilgan qabul davomida jismoniy va yuridik shaxslardan elektr simyog‘ochlarni beton ustunlarga almashtirish, mol-mulkka egalikni tasdiqlash, irrigatsiya tarmog‘ini qurish, yo‘llarni ta’mirlash, ichimlik suvi ta’minotidagi muammolarni yaxshilash, bolalar maydonchasi qurish va boshqa ijtimoiy masalalarda murojaatlar kelib tushdi.
Shuningdek, qabul davomida murojaatlari ijobiy hal etilgan fuqarolar o‘z minnatdorchiligini ham bildirishdi. Bundan tashqari fuqarolar tomonidan bolalar maydonchasi qurish masalasida kelib tushgan murojaat joyiga chiqib o‘zrganildi. Mutasaddi tashkilot rahbarlariga topshiriqlar berildi.
Copyright © 2024. Гулобод тонги. Сайт материалларидан фойдаланганда www.gulobodtongi.uz манбаи кўрсатилиши шарт.
Матнда хатолик топдингизми? Матнни танлаб CTRL+ENTER босинг.