Гулобод тонги Халқ депутатлари Самарқанд туман Кенгаши ва туман ҳокимлиги газетаси
Гулобод тонги Халқ депутатлари Самарқанд туман Кенгаши ва туман ҳокимлиги газетаси
www.gulobodtongi.uz

 
 

Tuman hokimi S.Usmanov Yangiariq va Yangijoy mahallasida

Tuman hokimi S.Usmanov Yangiariq va Yangijoy mahallasida tomorqadan samarali foydalanish borasidagi ishlarni muhokama qildi

Unda hokim o‘rinbosarlari, qishloq xo‘jaligi sohasi masullari, fermerlar ishtirok etdi.

Dastlab, Yangiariq mahallasida aholi tomorqalariga qanday ekinlar ekish va ulardan qisqa muddat ichida hosil olish, yig‘ib olingan mahsulotlarga xaridor topish masalalari muhokama etildi. Shuningdek, "Bir mahalla bir mahsulot" tamoyili asosida tomorqadan samarali foydalanish yuzasidan tegishli tavsiyalar berildi.

Bundan tashqari Yangijoy mahallasida ham fermer xo‘jaligi rahbarlari bilan uchrashuv tashkil etildi. Unda aholi tomorqasidan samarali foydalanish, ekinlarni tomchilatib sug‘orish, g‘alla parvarishida agrotexnik tadbirlarni o‘z vaqtida va samarali tashkil etish borasida masullarga topshiriqlar berildi.


Дата добавления: 26/03/2024 10:44;   Просмотров: 33
 
Для чтения текста нажмите эту кнопку