Tuman hokimi, sektor rahbarlari hamda korxona-tashkilot mas’ullari ishtirokida ushbu mahallalarda istiqomat qiluvchi fuqarolarni sayyor tartibda qabul qildi. Qabulda aholining murojaatlari atroflicha o‘rganib chiqildi.
Qorasuv mahallasida o‘tgan qabulda yo‘llarni ta’mirlash, elektr simyog‘ochlarni yangisiga almashtirish, oqova suv quvurlarini tortish kabi malasalar yuzasidan murojaatlar bo‘ldi.
Shuningdek, moddiy yordam ko‘rsatish, ish bilan ta’minlash va boshqa muammolar muhokama qilindi.
Har bir murojaatning ijrosini ta’minlash borasida tashkilot rahbarlariga tegishli topshiriqlar berildi.
Copyright © 2024. Гулобод тонги. Сайт материалларидан фойдаланганда www.gulobodtongi.uz манбаи кўрсатилиши шарт.
Матнда хатолик топдингизми? Матнни танлаб CTRL+ENTER босинг.