Samarqand tumani Qo‘shtamg‘ali mahallasida faol tadbirkor M.Burxonov bilan tumanimizda faoliyat yuritayotgan tadbirkorlar va mahalla faollarining uchrashuvi bo‘lib o‘tdi.
Unda hokim yordamchilari, tadbirkorlar hamda mahalla faollari ishtirok etdi. Uchrashuvda tadbirkor M.Burxonov mamlakatimizda tadbirkorlikni rivojlantirish va tadbirkorlarni qo‘llab-quvvatlash borasida olib borilayotgan ishlar, berilayotgan imkoniyatlar haqida o‘z fikrlarini bayon qildi.
Shuningdek, uchrashuvda ushbu imkoniyatlardan keng foydalangan holda Samarqand tumanida iqtisodiy va moliyaviy bilimga ega bo‘lgan tadbirkorlar sonini oshirish, ularning tajribalaridan foydalanish, istiqbolli rejalarni amalga oshirish va shu orqali yangi ish o‘rinlarini yaratish lozimligi ta’kidlandi. Tadbirkorlar tomonidan biznesni rivojlantirish bo‘yicha berilgan savollarga javob berildi.
Copyright © 2024. Гулобод тонги. Сайт материалларидан фойдаланганда www.gulobodtongi.uz манбаи кўрсатилиши шарт.
Матнда хатолик топдингизми? Матнни танлаб CTRL+ENTER босинг.