Xalqimiz azal-azaldan go‘zallik timsoli bo‘lgan munis onaxonlar, dilbar opa-singillarimizga alohida hurmat ehtirom ko‘rsatib kelgan.
Mana shunday ehtirom namunasi bugun Samarqand tumanidagi “Shodimurod” bazmgohida 8 mart – Xalqaro xotin-qizlar kuni munosabati bilan tashkil etilgan bayram tadbirida yana bir bor namoyon bo‘ldi.
Tadbir avvalida tuman hokimi Sirojiddin Usmanov ayollarimizni go‘zallik va nafosat bayrami bilan tabrikladi. Shundan so‘ng sektor rahbarlari ishtirokida faoliyati davomida namuna ko‘rsatgan bir guruh fidoyi xotin-qizlarga tuman hokimligining faxriy yorliqlari topshirildi.
Bayram tadbiri, el sevgan san’atkorlarining konsert dasturi bilan davom etdi. Tadbir davomida ijro etilgan kuy-qo‘shiqlar davraga ko‘tarinki ruh bag‘ishladi.
Copyright © 2024. Гулобод тонги. Сайт материалларидан фойдаланганда www.gulobodtongi.uz манбаи кўрсатилиши шарт.
Матнда хатолик топдингизми? Матнни танлаб CTRL+ENTER босинг.