Prezidentimiz tomonidan dunyoning rivojlanishi uchun butunlay, tamomila kutilmagan yangicha yondashuv, yangi-yangi g`oyalar ilgari surilgani hech mubolag`alarsiz rivojlanish uchun bog`lagan tarixiy ko`rinishidir.
Ayniqsa, o`zbek tilida dunyo xalqlariga ma`ruza o`qishlari har bir o`zbekni g`ururuni, iftixorini oshirish bilan birga millat oldida ma`suliyatni chuqur his qilishga undaydi. O`zbekiston Respublikasi tomonidan taklif etilgan g`oyalar bugungi dunyo xalqlarining global muammolaridir, o`ylaymizki, bu takliflar albatta mintaqada tinchlik-barqarorligini oshirish bilan birga iqtisodiy yuksalishda ham muhim ahamiyatga egadir.
Davlatimiz rahbari o`z nutqida yurtimiz yoshlar siyosatida amalga oshirilayotgan islohatlarga alohida to`xtalib: “Mamalakatimiz aholisining yarmidan ko`pini yoshlar tashkil etadi. Respublikada har bir yigit-qizning jamiyatda munosib o`rin egallashi va o`z salohiyatini namoyon etishi uchun ulkan ishlar amalga oshirilmoqda. O`zbekistonda Yoshlar parlamenti, Yoshlar ishlari agentligi faoliyat ko`rsatmoqda. Fursatdan foydalanib, yana bir bor Yoshlar huquqlari to`grisidagi Birlashgan Millatlar Tashkiloti konvensiyasini qabul qilish bo`yicha O`zbekiston tashabbusni qo`llab-quvvatlashga chaqiraman”-deya biz yoshlarga yurtimiz ravnaqi yo`lida o`z hissamizni qo`shishimiz uchun motivatsiya berdilar va bizlarga bo`lgan ishonchlarini albatta oqlaymiz.
Mohinabonu Qobilova,
Yoshlar parlamenti a`zosi
Copyright © 2024. Гулобод тонги. Сайт материалларидан фойдаланганда www.gulobodtongi.uz манбаи кўрсатилиши шарт.
Матнда хатолик топдингизми? Матнни танлаб CTRL+ENTER босинг.