Гулобод тонги Халқ депутатлари Самарқанд туман Кенгаши ва туман ҳокимлиги газетаси
Гулобод тонги Халқ депутатлари Самарқанд туман Кенгаши ва туман ҳокимлиги газетаси
www.gulobodtongi.uz

 
 

“Ohalik — Oqbo‘yro — Mironqul” turistik-rekreatsion zonasi direksiyasi”ni tashkil etish masalalari muhokama qilindi

Tuman hokimligida “Ohalik-Oqbo‘yro-Mironkul” turistik-rekreatsion zonasi faoliyatini tashkil etish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-60-sonli Prezident qarori ijrosini ta’minlashga bag‘ishlangan yig‘ilish bo‘lib o‘tdi.

Viloyat hokimi o‘rinbosari R.Qobilov, tuman hokimi S.Usmanov ishtirok etgan yig‘ilishda turistik-rekreatsion zonani rivojlantirish va boshqarish maqsadida Samarqand tumani hokimligi huzurida davlat muassasasi shaklida “Ohalik — Oqbo‘yro — Mironqul” turistik-rekreatsion zonasi direksiyasi”ni tashkil etish masalalari muhokama qilindi.

Shuningdek, 2024-2025-yillarda turistik-rekreatsion zonasi hududida tashkil etiladigan turizm va xizmat ko‘rsatish sohasi obektlarini qurish uchun mahalliy va xorijiy investorlarni jalb etish va boshqa masalalar yuzasidan tegishli tashkilot vakillariga topshiriqlar berildi.


Дата добавления: 21/02/2024 15:13;   Просмотров: 50
 
Для чтения текста нажмите эту кнопку