Ha, 2023-2024 o‘quv yili shodiyonasi O‘zbekiston Respublikasi davlat mustaqilligining shonli 32 yilligi tantanalari bilan uyg‘un holda butun mamlakat bo‘ylab barcha ta’lim muassasalari, har bir xonadonga olam-olam quvonch, bayramona kayfiyat bag‘ishladi.
Jumladan, tumandagi 16-o‘rta umumta’lim maktabida davlat madhiyasi bilan boshlangan “Birinchi qo‘ng‘iroq” tadbiri 1- va 11-sinf o‘quvchilari, o‘qituvchilari, ota-onalar, sobiq shogirdlar, jamoatchilik vakillari, barcha ishtirokchilarga katta taassurot qoldirdi.
- O‘tgan o‘quv yilining sarhisobi, pirovard natijasi yomon bo‘lmadi, - dedi maktab direktori D.Yusupova. – 146 nafar bitiruvchilardan 56 nafari turli OTMlarga qabul qilindi. Ulardan 14 nafari oltin,1 nafari kumush medali sohibidirlar. Yangi o‘quv yilida 340 nafar kichkintoylar 1-sinfda o‘qishni boshlashadi.
Tadbirda Samarqand Markaziy harbiy okrug faxriylar Kengashi raisi, mudofaa vazirligi faxriysi, iste’fodagi podpolkovnik Shodmon Azizov, tuman Xalq qabulxonasi mudiri Ilhom Murodov, shoir va jurnalist Normurod Karimzoda, ota-onalar qo‘mitasi raisi Ne’mat Hamdamov, O‘rtashiq va Ko‘saho mahalla raislari Doniyor Rasulov, Ma’ruf Toshpo‘latov va boshqalar qatnashib, o‘zlarining dil so‘zlarini izhor etishdi. Maktab yosh badiiy havaskorlarining konsert dasturlari yig‘ilganlarni xushnud etdi. Muhtaram Yurtboshimizning an’anaviy tuhfasi – o‘quv qurollari jamlanmasi o‘z egalariga tantanali ravishda topshirildi. Xuddi shunday tadbir 10-maktabda ham tuman hokimi S.Usmonov ishtirokida esdan chiqmaydigan bo‘ldi.
MEHRANGIZ.
Copyright © 2024. Гулобод тонги. Сайт материалларидан фойдаланганда www.gulobodtongi.uz манбаи кўрсатилиши шарт.
Матнда хатолик топдингизми? Матнни танлаб CTRL+ENTER босинг.