Гулобод тонги Халқ депутатлари Самарқанд туман Кенгаши ва туман ҳокимлиги газетаси
Гулобод тонги Халқ депутатлари Самарқанд туман Кенгаши ва туман ҳокимлиги газетаси
www.gulobodtongi.uz

 
 

Mahalla raislari va xodimlarining oylik-maoshi kamaytiriladi

Mahalla raislari va tizimning boshqa xodimlarining lavozim maoshlariga har oylik beriladigan ustamalar 2025 yil 1 yanvardan to‘lanmaydi.

Ya’ni, Fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari xodimlarini rag‘batlantirish jamg‘armasi hisobidan beriladigan ustamalar bekor bo‘ldi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 25.12.2024 yildagi PQ-455-son “O‘zbekiston Respublikasining "2025 yil uchun O‘zbekiston Respublikasining Davlat byudjeti to‘g‘risida"gi Qonuni ijrosini ta’minlash chora-tadbirlari to‘g‘risida” qarori 9-ilova 14-bandiga muvofiq: O‘zbekiston Respublikasi 2021 yil 28 dekabrdagi “Fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari xodimlarini rag‘batlantirish jamg‘armasi to‘g‘risidagi nizomni tasdiqlash haqida”gi 779-son qarori 2025 yil 1 yanvardan o‘z kuchini yo‘qotdi.
Endi Fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari xodimlarini rag‘batlantirish jamg‘armasidan fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari xodimlarining maoshlariga har oylik ustamalar to‘lanmaydi.


Дата добавления: 06/01/2025 11:12;   Просмотров: 108
 
Для чтения текста нажмите эту кнопку