Гулобод тонги Халқ депутатлари Самарқанд туман Кенгаши ва туман ҳокимлиги газетаси
Гулобод тонги Халқ депутатлари Самарқанд туман Кенгаши ва туман ҳокимлиги газетаси
www.gulobodtongi.uz

 
 

Konigilda tadbirkorlar bilan uchrashuv o‘tkazildi

Samarqand tumani Konigil mahallasidagi 53-umumta’lim maktabida “Mehnat shuxrati” ordeni sohibi, faol tadbirkor, “Konigil meros” xususiy korxonasi rahbari Zarif Muxtorov bilan tadbirkorlar va mahalla faollari, hamda o‘quvchilarning uchrashuvi bo‘lib o‘tdi.

Uchrashuvda tadbirkor Z.Muxtorov mamlakatimizda kichik biznes va xususiy tadbirkorlikni rivojlantirish va tadbirkorlarni qo‘llab-quvvatlash borasida olib borilayotgan ishlar, berilayotgan imkoniyatlar haqida o‘z fikrlarini bayon qildi.

Shuningdek, uchrashuvda ushbu imkoniyatlardan keng foydalangan holda tumanda iqtisodiy va moliyaviy bilimga ega bo‘lgan tadbirkorlar sonini oshirish, ularning tajribalaridan foydalanish, istiqbolli rejalarni amalga oshirish va shu orqali yangi ish o‘rinlarini yaratish lozimligi ta’kidlandi. Ishtirokchilar tomonidan kichik biznesni rivojlantirish bo‘yicha berilgan savollarga javoblar berildi.


Дата добавления: 21/09/2023 08:46;   Просмотров: 1370
 
Для чтения текста нажмите эту кнопку