Tuman hokimligida o‘tkazilgan navbatdagi matbuot anjumanija mazkur yo‘nalishdagi ishlar to‘g‘risida ma’lumot berildi.
Unda tuman hokimligi axborot xizmati rahbari B.Xonkeldiev ishtirok etdi.
Ta’kidladiki, Samarqand tumanida “Sayxunobod va Uychi tumanlari tajribasi” misolida aholi daromadlarini oshirish, shuningdek, banklarning mijozlari bilan o‘tkazilgan uchrashuvlarda ko‘tarilgan muammolarni hal etish orqali yangi ish o‘rinlarini yaratish bo‘yicha tizimli ishlar amalga oshirilmoqda.
Mahallalarda aholi bandligini ta’minlash va daromadlarini oshirish borasidagi masalalarni tezkor hal etib borish maqsadida Shtablar tashkil etilib, kunlik ma’lumotlar xonadonlar kesimida olinib, ishlar tashkil etilmoqda.
Kambag‘allikni 2 barobarga qisqartirish bo‘yicha berilgan topshiriqdan kelib chiqib, joriy yil yakuniga qadar 1,8 mingta xonadonlarning yillik daromadini o‘rta hisobda 40-60 mln so‘mga olib chiqish maqsad qilib olindi.
Bu bo‘yicha, 3 ta, jumladan mahalladagi aholi xonadonlari, boshqarma-tashkilotlar hamda ijtimoiy soha bo‘yicha alohida shtablar tashkil etildi.
Bugungi kunga qadar, tuman bo‘yicha jami 681 ta xonadonlarning daromadini oshirilishi ta’minlandi.
Shuningdek, 2023-yilda 18 ta loyiha doirasida 25,9 mln. AQSh dollar to‘g‘ridan-to‘g‘ri xorijiy investitsiyalar va kafolatlanmagan xorijiy kreditlar o‘zlashtirildi. Bu ko‘rsatkich 2023 yil uchun belgilangan rejaga nisbatan 115 foizni tashkil etdi.
Bundan tashqari 2023-yilda sanoat, qishloq xo‘jaligi, xizmat ko‘rsatish va servis sohalarini rivojlantirish yo‘nalishlarida umumiy qiymati 3 trln. 436,1 mlrd. so‘mlik jami 113 ta loyihalar amalga oshirilishi natijasida 1835 ta yangi ish o‘rinlarini yaratilishi rejalashtirilgan bo‘lsa, 2023 yilning yanvar-dekabr oylarida umumiy qiymati 4 trln 327,8 mlrd. so‘mlik 152 ta loyihalar ishga tushirilib, 2653 ta yangi ish o‘rnlari yaratildi va belgilangan reja 135 foizga bajarildi.
Ushbu loyihalarga 2 trln. 461,1 mlrd. so‘mlik loyiha tashabbuskorining o‘z mablag‘lari, 104,1 mlrd. so‘mlik bank kreditlari, 137,3 mln. dollar xorijiy kreditlar va 10,5 mln. dollar to‘g‘ridan-to‘g‘ri xorijiy investitsiyalar yo‘naltirildi.
Jumladan, "Nurli kelajak ishonch servis" MChJning umumiy qiymati 787,5 mlrd.sum bo‘lgan “Zamonaviy savdo kompleksini barpo etish” loyihasida 250 ta, "Sam Rafoat Tekstil" MChJning qiymati 58,0 mlrd. so‘mlik matras va pokrival ishlab chiqarish fabrikasini qurish loyihasi foydalanishga qabul qilinib, 102 ta yangi ish o‘rni yaratildi.
Joriy yil yakuniga qadar jami 78 mlrd so‘mlik resurs ajratilishi rejalashtirilgan. Hozirga qadar, 50 ta xonadonlarda 1 gektar bo‘sh yer maydonlariga yengil konstruksiyali issiqxona qurib berildi. 427 ta xonadonlarda yer maydonida tomorqadan foydalanish bo‘yicha urug‘ ko‘chat va qishloq xo‘jalik texnikalari olib berildi. 12 ta xonadonlarga 30 mingta jo‘ja olib berildi, 62 ta xonadonlarda qoramol va qo‘y boqish yo‘lga qo‘yildi.
Misol uchun, Samarqand tumanining Ohalik mahallasida bugungi kunda 771 ta xonadonda 3 765 nafar aholi istiqomat qiladi. Aholisi asosan parrandachilik bilan shug‘ullanib keladi. Bugungi kunda mahallada 100 ortiq xonadonda 220 mingta bedana parvarishlanib, bir kunda 180 ming dona tuxum olinib, Tojikiston va Afg‘onistonga eksport qilinmoqda.
Anjumanda ishtirokchilar o‘zlarini qiziqtirgan savollarga to‘liq javob olishdi.
Copyright © 2024. Гулобод тонги. Сайт материалларидан фойдаланганда www.gulobodtongi.uz манбаи кўрсатилиши шарт.
Матнда хатолик топдингизми? Матнни танлаб CTRL+ENTER босинг.