Гулобод тонги Халқ депутатлари Самарқанд туман Кенгаши ва туман ҳокимлиги газетаси
Гулобод тонги Халқ депутатлари Самарқанд туман Кенгаши ва туман ҳокимлиги газетаси
www.gulobodtongi.uz

 
 

Hunarliga tole yor

Yurtimizda yaratilayotgan imkoniyatlardan samarali foydalanib, ro‘zg‘orini butlayotgan, oilasiga ko‘makdosh bo‘layotgan ishbilarmon xotin-qizlar kun sayin ko‘paymoqda.

Jumladan, Gulbog‘ mahallasida joylashgan Tikuvchilikka o‘qitish markazi ish boshlaganida hali hech vaqt o‘tmay qancha-qancha xotin-qizlarimizga tikuvchilik sir-asrorni o‘rgatib kelayapman, - deydi guruh rahbari Dilrabo Tojiyeva.
Tikuvchilikka o‘qitish markazi faoliyati joriy yil yo‘lda qo‘yilib, 11 nafar yosh qizlarga sertifikat berildi, xususan, Nodira Otabayeva bolaligidan tikuvchilikka mehr qo‘ygan, dastlab, bichilgan tayyor andozalarni tikib yurgan qiz endi o‘zi mustaqil zamonaviy va turli bichimdagi liboslarni tika boshladi. Iroda Isrofilova onam tikuvchilikni o‘rganasan deganida, yo‘q, qiziqmayman, qo‘limdan kelmaydi, deb ko‘nmagandim, - deydi. Bora-bora tikuvchilik kasbiga qiziqishim ortib borganligi uchun ba’zi kunlari buyurtmalarim bitmay qolsa tungi soat o‘n bir - o‘n ikkida ham uxlamasdan buyurtmani vaqtida bitkazib beraman. Yurtimizda biz yoshlarga juda katta imkoniyatlar berilyapti. Faqat bundan to‘g‘ri foydalana olsak, bas. Bichish-tikishga qiziqishi yuqori, Zuhro Ibragimova ana shunday yoshlardan.
Insonning o‘zida qiziqish, xohish bo‘lsa, bir oyda 2 million so‘mgacha daromad qilsa bo‘ladi, - deydi D.Tojiyeva - Uyda o‘tirib pul topish mumkin, ko‘chaga chiqish ham shart emas. Niyatim kelgusida, shu kichik markazni katta korxonaga aylantirish. Mahallamizdagi ko‘proq ayol-qizni ish bilan ta’minlashni reja qilganman. “Yoshlar daftari”ga kiritilgan yoshlarni avval bitta oddiy tikuv mashinasida ish boshlagan bo‘lsa, bugungi kunda kredit yordamida ishlayotgan tikuv mashinalarimiz soni ortib bormoqda. Tabiiyki, ish unumdorligi, samaradorligi ortdi. Topayotgan daromadidan ko‘ngli to‘q. “Yoshlar daftari”ga kiritilib, undan to daromad olishgacha bo‘lgan kichik yo‘lni bosib o‘tayapti. Endi mahallamizdagi ayol-qizlarning orasta, go‘zal bo‘lib yurishida ko‘magim tegayotganidan nihoyatda mamnunman. Shu o‘rinda erishayotgan bu yutuqlarimizning hammasi mamlakatimizda yoshlar va xotin-qizlarga qaratilgan e’tiborning samarasi deb o‘ylayman.

Bekzod QODIROV,
matn va surat muallifi.


Дата добавления: 05/04/2024 15:00;   Просмотров: 120
 
Для чтения текста нажмите эту кнопку