Гулобод тонги Халқ депутатлари Самарқанд туман Кенгаши ва туман ҳокимлиги газетаси
Гулобод тонги Халқ депутатлари Самарқанд туман Кенгаши ва туман ҳокимлиги газетаси
www.gulobodtongi.uz

 
 

Hokim olib borilayotgan obodonlashtirish ishlari bilan tanishdi

Tuman hokimi S.Usmanov Samarqand tumani hududidan o‘tuvchi Darg‘om kanalining chap va o‘ng qirg‘oqlarida olib borilayotgan obodonlashtirish ishlari bilan tanishdi.

O‘rganish davomida noqonuniy qurilish obektlarining oldini olish borasida mutasaddilarga tegishli topshiriqlar berildi.

Shuningdek, hududda belgilanmagan joylarga chiqindi tashlamaslik, noqonuniy chiqindi tashlash holatlarini aniqlash va jamoatchilik nazoratini oshirish zarurligi ta’kidlandi. Fuqarolar bilan bu borada tushuntirish ishlari olib borildi.

Tegishli tashkilot vakillariga belgilanmagan joylarga chiqindi tashlagan fuqarolarni aniqlash, qonuniy chora ko‘rilish yuzasidan tegishli topshiriqlar berildi.


Дата добавления: 20/09/2024 13:28;   Просмотров: 46
 
Для чтения текста нажмите эту кнопку