Bugun tuman hokimi S.Usmanov Samarqand tumanidagi “Qarshi halqa yo‘li”dan Nurobod tumani chegarasigacha bo‘lgan qismida obodonlashtirish ishlarining olib borilishi bilan tanishdi.
Xususan, fermer xo‘jaliklari tomonidan o‘z hududini obod saqlash, dalalarga ekin ekish ishlarini jadallashtirish, ariq va zuvurlarni tozalash, chiqindilarni o‘z vaqtida olib chiqish masalalari muhokama qilindi.
O‘rganish davomida ushbu ishlarni sifatli va o‘z vaqtida bajarilishi yuzasidan biriktirilgan vakillar va fermer xo‘jaliklari rahbarlariga tegishli topshiriqlar berildi.
Copyright © 2024. Гулобод тонги. Сайт материалларидан фойдаланганда www.gulobodtongi.uz манбаи кўрсатилиши шарт.
Матнда хатолик топдингизми? Матнни танлаб CTRL+ENTER босинг.