Гулобод тонги Халқ депутатлари Самарқанд туман Кенгаши ва туман ҳокимлиги газетаси
Гулобод тонги Халқ депутатлари Самарқанд туман Кенгаши ва туман ҳокимлиги газетаси
www.gulobodtongi.uz

 
 

Davr fidoyilari

23-umumiy o'rta ta'lim maktab Samarqand tumanining namunali maktablaridan biri hisoblanadi. Albatta, bunda maktab direktori Eshonkulova Roxila Zayniyevnaning xizmatlari ulkan.


“2022-yildan beri 23-maktab direktori lavozimida faoliyat yuritib kelaman.
Bugungi kunda maktabimizda 1543 nafar o‘quvchi ta’lim olib kelmoqda. Ularga 86 nafar o‘qituvchilarimiz saboq berib keladi.
O‘qituvchilarimizning 6 nafari oliy toifali, 22 nafari 1-toifali va 18 nafari 2 toifali qolganlari oliy ma’lumotli pedagoglar hisoblanishadi.
O‘quvchilarimiz qator muvaffaqiyat va natijalarga erishib kelishishmoqda. Jumladan, o‘tgan 2023–2024 o‘quv yilida maktabimiz o‘quvchilari geografiya, kimyo hamda ingliz tili fanlaridan o'tkazilgan fan olimpiadalarida tumanimiz miqyosida faxrli 1-o‘rinni egallab, 11-V sinf o’quvchisi Mardonov Abdulaziz Shuxratovich viloyat bosqichida munosib ishtirok etib faxrli o’rinni egalladi.
Jumladan, maktabimizning 11-V sinf o‘quvchisi Marufova Farog'at Marufovna O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020- yil 12- avgustdagi " Kimyo va biologiya " yo'nalishlarida uzluksiz ta'lim sifatini oshirish to'g'risidagi PQ- 4805 son qaroriga muvofiq o'tkazilgan Samarqand viloyat umumta'lim maktablari bitiruvchilari o'rtasida kimyo fan olimpiadasining yakuniy OTM bosqichida faxrli 3- o'rinni egallagani uchun Samarqand davlat universitetiga muddatdan oldin talaba bo'ldi.
Maktabimiz joriy yil “Eng yaxshi ekologik toza maktab” Respublika videolavhalar ko‘rik tanlovida qatnashib faxrli 1-o‘rinni egalladi va diplom hamda estalik sovg’alar bilan taqdirlandi.
Maktabimiz o‘quvchilarining 28 nafari hamda 9 nafar o'qituvchilarimiz turli darajadagi milliy hamda xalqaro sertifikatlarni qo‘lga kiritishdi.
Bundan tashqari, maktabimiz o‘quvchilari turli sport va ma’rifiy tadbirlarda, kitobxonlik musobaqalarida yuksak natijalarga erishib kelishmoqda.
Maktabimizning 11-sinf o'quvchilaridan 9 nafari maktabni oltin medal bilan tugatdi.
Hozirda maktabni tugatib 11-sinflarimizning 20 nafari Oliy ta'lim muassasiga o'qishga kirdi.
Hozirgi ta'til vaqtida o'quvchilarimiz vaqtini mazmunli o'tkazish maqsadida turli sport va fan to'garaklari muntazam faoliyat yuritib kelmoqda. Shuningdek,800 dan ortiq o'zbek va jahon adabiyoti durdonalarini o'zida jamlagan maktab kutubxonamiz ham doimo o'quvchilar bilan gavjum.
Albatta, ta’kidlab o'tadigan bo‘lsak, bunday muvaffaqiyatlarimiz juda ko‘p. Kelgusida ham shunday iqtidorli va Vatanimiz taraqqiyotiga o‘zining munosib hissasini qo‘shadigan yetuk kadrlar tarbiyalab berishdek sharafli vazifamizda astoydil xizmat qilamiz” – deydi maktab direktori Eshonkulova Roxila Zayniyevna


Дата добавления: 30/08/2024 15:54;   Просмотров: 139
 
Для чтения текста нажмите эту кнопку