Гулобод тонги Халқ депутатлари Самарқанд туман Кенгаши ва туман ҳокимлиги газетаси
Гулобод тонги Халқ депутатлари Самарқанд туман Кенгаши ва туман ҳокимлиги газетаси
www.gulobodtongi.uz

 
 

“BIR KUN ASKAR BO‘LAMAN”

Ana shu mavzuga bag‘ishlab Sazag‘an harbiy mashg‘ulotlar qismida yoshlar va keksa avlod vakillari bilan o‘tkazilgan ma’naviy-ma’rifiy tadbir uzoq yillar esdan chiqmaydigan bo‘ldi.

Samarqand oliy o‘quv yurtlaridan bir guruh talaba yigit-qizlar harbiy kiyimda, tumanimizdan ko‘pni ko‘rgan 70-80 yoshli nuroniy otaxonlar ushbu davraning asosiy ishtirokchilari bo‘lishdi.
Yoshlar ittifoqi viloyat Kengashi raisi Dilfuza Azizova, markaziy harbiy okrug hamda “Nuroniy” jamg‘armasi tuman bo‘limi raisi Said Mardonov hamkorligida vatan tuyg‘usi harbiy vatanparvarlik va harbiy xizmat tushunchalari ko‘rgazmali lavhalar, badiiy chiqishlar orqali sharhlab berildi. Talabalardan Shirbek Qurbonov, Jahongir Abdullayev, Mexroj Miliyev, Oltinoy Bahriddinova, piru badavlat otaxonlardan Jurnalist va shoir Normurod Karimzoda mehnat faxriysi Ahror Bahronov, Ne’mat Hamdamov va boshqalar mazkur dala o‘quv maydonidagi shart-sharoitlar, harbiylarning mazmunli hayot tarzi bilan yaqindan tanishib, olam-olam taassurot olganliklari, vatan sarhadlari daxlsizligi, ishonchli qo‘llarda ekanligini e’tirof etishdi. Nukuslik harbiy yigit ijrosidagi Qoraqalpoq va qozoq milliy qo‘shiqlari barchani xushnud etdi.
Qism komandiri podpolkovnik Sh.Qodirov tadbir qatnashchilariga muassasa vazifalari ish tartibi, moddiy-texnik va ma’naviy tarbiya imkoniyatlari xususida axborot berib, amaliy tashriflari uchun minnatdorlik bildirdi.

N.MEHRANGIZ.


Дата добавления: 31/01/2024 14:26;   Просмотров: 58
 
Для чтения текста нажмите эту кнопку