Tumandagi 25-umumta’lim maktabida “Bir bo‘lsak - yagona xalqmiz, Birlashsak - Vatanmiz!” shiori ostida tashkil etilgan “Birinchi qo‘ng‘iroq” tadbirida tuman hokimi Sirojiddin Usmanov o‘quvchilarga yangi o‘quv yilida zafarlar tiladi.
Shundan so‘ng birinchi qo‘ng‘iroq yangradi.
Hokim maktabning 1-sinfiga ilk qadam qo‘ygan bolajonlarga o‘quv qurollari, maktab sumkasi, darsliklar majmuasidan iborat Prezident sovg‘alarini topshirdi.
Tuman rahbari “Mustaqillik darsi”da o‘quvchilarga O‘zbekiston Respublikasi mustaqilligi davrida erishgan yutuqlari, tumanimizda ta’lim tizimida amalga oshirilayotgan islohotlar, o‘zgarishlar va bunyodkorlik ishlari haqida so‘zlab berdi.
Copyright © 2024. Гулобод тонги. Сайт материалларидан фойдаланганда www.gulobodtongi.uz манбаи кўрсатилиши шарт.
Матнда хатолик топдингизми? Матнни танлаб CTRL+ENTER босинг.