Гулобод тонги Халқ депутатлари Самарқанд туман Кенгаши ва туман ҳокимлиги газетаси
Гулобод тонги Халқ депутатлари Самарқанд туман Кенгаши ва туман ҳокимлиги газетаси
www.gulobodtongi.uz

 
 

Aziz tumandoshlar!

Aziz tumandoshlar!

Tarovatli kunlarda tabiat uyg‘onib, jonajon diyorimizga barchamiz orziqib, sog‘inib kutgan Navro‘zi olam kirib keldi.

Ming yillar davomida ma’naviy hayotimizning ko‘rku ziynati bo‘lib kelayotgan bu ajoyib, xosiyatli bayram bugun qalblarimizga yana cheksiz quvonch va zavq bag‘ishlamoqda.

Tumanimizning jonkuyar, fidoyi, mehnatsevar hamda mehribon xalqini sharq milliy bayrami Navro‘z ayyomi bilan chin qalbimdan tabriklayman.

Mana shunday fayzli, shodiyona ayyomda mahalla va qishloqlardagi barcha fuqarolarimizga yuksak hurmatim va eng ezgu tilaklarimni izhor etaman.

Hayotingiz bahor tongidek tiniq, baxtli va farovon bo‘lsin!

Samarqand tumani hokimi
Sirojiddin Usmonov.


Дата добавления: 21/03/2024 11:05;   Просмотров: 37
 
Для чтения текста нажмите эту кнопку