Гулобод тонги Халқ депутатлари Самарқанд туман Кенгаши ва туман ҳокимлиги газетаси
Гулобод тонги Халқ депутатлари Самарқанд туман Кенгаши ва туман ҳокимлиги газетаси
www.gulobodtongi.uz

 
 

Aholini ro‘yxatga olishning mazmun-mohiyati va unda aholining faol ishtirokini ta’minlashga bag‘ishlangan seminar

Aholini ro‘yxatga olishning mazmun-mohiyati va unda aholining faol ishtirokini ta’minlashga bag‘ishlangan seminar

2024-yilning 18-sentabr kuni Samarqand viloyati Statistika boshqarmasi Ro‘yxatga olish jarayonlarini tashkil etish va uni o‘tkazish bo‘limi xodimlari tomonidan Samarqand tumani Samarqand imkoniyati cheklangan shaxslar uchun ixtisoslashtirilgan kasb-hunar maktabi o‘qituvchi va o‘quvchilari uchun seminar tashkil etildi.

Tadbirni maktab direktori A. Bultakov ochib, aholini ro‘yxatga olish tadbiri to‘g‘risida qisqacha to‘xtalib o‘tdi.

Shundan so‘ng, viloyat statistika boshqamasi Ro‘yxatga olish jarayonlarini tashkil etish va uni o‘tkazish bo‘limi boshlig‘i F. Shukurov tomonidan 2024-yilning 4-mart kuni “O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Statistika agentligi faoliyatini tashkil etish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-114-son Prezident Qarori qabul qilinganligi, Qarorga ko‘ra, O‘zbekistonda aholini ro‘yxatga olish 2025—2026-yillarda amalga oshirilishi, Prezident qaroriga ko‘ra, Statistika agentligi tizimi 2024-yil davomida aholini ro‘yxatga olishni aholining keng ommasiga tushuntirish bo‘yicha targ‘ibot-tashviqot ishlarida foydalanish uchun videorolik, banner, flaer va bukletlar tayyorlashi;

2021-yilda o‘tkazilgan sinov natijalari va xalqaro ekspertlarning tavsiyalari asosida aholini ro‘yxatga olish savolnomalari shakllarini takomillashtirishi;

xalqaro tajriba va ekspertlarning tavsiyalari asosida “Aholini ro‘yxatga olish” axborot tizimini takomillashtirish;

“STATA” amaliy dasturiy paketi litsenziyasini xarid qilish va unda ro‘yxatga olish natijalarining chiquvchi jadvallari namunalarini shakllantirishi haqida ma’lumot berdi.

Shuningdek, aholini ro‘yxatga olish tadbiriga tayyorgalik ko‘rish, bu borada qabul qilingan me’yoriy hujjatlar, qonun va qarorlar hamda ularning ijrosi yuzasidan amalga oshirilgan va kelgusida bajarilishi belgilangan ishlar bo‘yicha batafsil ma’lumot berdi.

Seminar qatnashchilari tomonidan berilgan savollarga boshqarma xodimlari atroflicha javob berishdi.


Дата добавления: 24/09/2024 17:49;   Просмотров: 55
 
Для чтения текста нажмите эту кнопку