Гулобод тонги Халқ депутатлари Самарқанд туман Кенгаши ва туман ҳокимлиги газетаси
Гулобод тонги Халқ депутатлари Самарқанд туман Кенгаши ва туман ҳокимлиги газетаси
www.gulobodtongi.uz

 
 

Aholini ro‘yxatga olishda turar joyning xususiyatlari

Aholini ro‘yxatga olish vaqtida turar joyning xususiyatlariga alohida e’tibor qaratliadi.

Turar joyning asosiy belgilariga to‘xtalsak, kuzatishning asosiy birligi ananaviy yashash joyi hisoblanadi, ammo ba’zi tavsiflar boshqa turar joy birligi turlariga kiradi. “Turar joy sharoitlari” belgisi mustasno bo‘lib, u aholi va yashash joylari o‘rtasidagi aloqani ifoda etadi va shu sababli alohida shaxslarga taaluqli bo‘ladi.

Turar joy joylashgan “bino” uy-joy fondini ro‘yxatga olishda muhim, biroq bilvosita kuzatuv belgisi sifatida qaraladi. Boisi, binoga tegishli ma’lumotlar (tuzilish turi, tashqi devorlari materiallari va tuzilishning boshqa bazi xususiyatlari) ushbu binoda joylashgan yashash joylarini to‘g‘ri bayon qilish uchun zarur. Uy joy fondlarini ro‘yxatga olishda tuzilishiga aloqador savollar odatda so‘rovnomaning vositalarini tashkil etadi, bu yashash joyining tegishli ro‘yxatga qo‘yilgani joylashgan binoga tegishli boְ‘lib, ma’lumotlar har bir turar joy birligini yoki unda boshqa joylashgan yashash joylari bo‘yicha ro‘yxatdan o‘tkaziladi.

Aniq turar joy turlari uchun muayyan bir belgilardan foydalanishning sababi turlicha. Turar joyning barcha turlariga nisbatan belgilar mos kelmasligi mumkin .Boshqa hollarda belgini ro‘yxatga olish dasturiga kiritish murakkab yoki imkonsiz bo‘lishi mumkin. Bu, ayniqsa ro‘yxatga olish paytida vakant bo‘lgan turar joylarga tegishli. Va nihoyat, u yoki bu belgiga ko‘ra ma’lumotlarni olish muayyan turar joy sharoitlarining turlari uchun zarur bo‘lmasligi yoki tegishli bo‘lmasligi mumkin

 

Turar joylarning turlari quyidagilardan iborat:

  • Kollektiv yashash joylari;
  • Boshqa yashash birliklari;
  • Ananaviy yashash joylari;

Yashash joylari va turar joylarining o‘zaro bog‘liqligi qo‘ydagilardan iborat:

  • Ananaviy band turar joylar, boshqa uy-joy birliklari va kolliktiv yashash joylari birgalikda “yashash joylari” deb yuritiladi va ularni “yashash joyi ” sifatida hisobga olish uchun eng kamida bitta shaxs tomonidan odatiy yashash joyi sifatida foydalanishi kerak;
  • Ananaviy band turar joylar va boshqa yashash joylari birligiga summasi ko‘prikdagi “turar joy birliklari”ni keltirib chiqaradi;
  • Agar turar joy sabablardan biriga ko‘ra band bo‘lmasa, u vakant sifatida belgilanadi;
  • “Ro‘yxatga olish qamroviga kiritilmagan yashovchilar” deganda odatiy yashovchi aholi qismi sifatida qaralmaydigan, vaqtincha mavjud shaxslar tushuniladi.

“Yashash joylari” deganda bir yoki bir nechta shaxsning odatiy yashash joyi hisoblangan turar joy turi tushuniladi. Ular strukturaviy ajratilgan va mustaqil turar joylar hisoblanadi.

  1. Odamlar yashash uchun qurulgan, qayta qurulgan yoki moslashtirilgan bo‘lib, ular ro‘yxatga olish vaqtida boshqa maqsadlarda foydalanilmaydi va band bo‘ladi.
  2. Yashash uchun mo‘ljallangan bo‘lmasa-da, ro‘yxatga olish vaqtida shu maqsadda foydalanidi.

Turar joyning birliklari deganda ajratilgan va mustaqil yashash joyi tushuniladi, u alohidauy xo‘jaligi yashashi yoki yashash uchun mo‘ljallanmagan bo‘ladi. Biroq, ro‘yxatga olish davrida uy xo‘jaligining odatiy yashash joyi sifatida foydalaniladi. Ularning safiga an’anaviy band bo‘lgan turar joylar va quyida keltirilgan ta’riflarga muvofiq keladigan boshqa turar joy birliklari kiradi.

 

Tuman statistika bo‘limi.


Дата добавления: 04/06/2024 10:06;   Просмотров: 132
 
Для чтения текста нажмите эту кнопку