Oʼzbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 15-martdagi PQ-128-son qaroriga koʼra, Sessiya “Silk Road Samarkand” sayyohlik majmuasida oʼtkaziladi.
Sessiyaga tayyorgarlik doirasida:
Samarqand shahridagi tegishli madaniy meros obyektlarini asrashga doir ishlar hamda immersiv va mavzuli koʼrgazmalar tashkil etiladi;
Madaniy yodgorliklarni saqlash va restavratsiya qilish boʼyicha xalqaro tadqiqot markaziga aʼzo boʼlishi uchun rasmiy ariza topshiriladi;
Oʼzbekistondagi shaharlar, noyob madaniy va tabiiy meros obyektlarini tegishlicha YUNESKOning Ijodkor shaharlar hamda Taʼlimni targʼib etuvchi shaharlar tarmoqlariga, shuningdek, xalqaro roʼyxatlarga kiritish choralari koʼriladi;
Sessiyani mamlakatimizda oʼtkazilishining ahamiyati, shuningdek, Oʼzbekiston jahon siyosatining markazlaridan biriga, global tashabbuslar muallifiga aylanib borayotganini atroflicha ochib berishga qaratilgan targʼibot-tashviqot ishlari tashkil etiladi.
Copyright © 2024. Гулобод тонги. Сайт материалларидан фойдаланганда www.gulobodtongi.uz манбаи кўрсатилиши шарт.
Матнда хатолик топдингизми? Матнни танлаб CTRL+ENTER босинг.