Гулобод тонги Халқ депутатлари Самарқанд туман Кенгаши ва туман ҳокимлиги газетаси
Гулобод тонги Халқ депутатлари Самарқанд туман Кенгаши ва туман ҳокимлиги газетаси
www.gulobodtongi.uz

 
 

Tadbirkorlik subyektlari diqqatiga!

Tadbirkorlik subyektlarining savol va murojaatlariga viloyat statistika boshqarmasining malakali mutaxassislari tomonidan javob va maslahatlar berilishini ta’minlash, tuman va shaharlarda faoliyat yuritayotgan tadbirkorlarda yuzaga kelgan muammolarni tezkor ravishda hal etish orqali tushuntirish ishlarini yanada yaxshilash maqsadida, viloyat statistika boshqarmasida “Ishonch telefonlar” (tel: (66) 235-58-95) tashkil etilgan.

“Ishonch telefonlar”ning uzluksiz ishlashi ta’minlangan hamda kelib tushayotgan murojaatlarni tezkor hal etish uchun malakali mutaxassislar jalb qilingan va har bir holat bo‘yicha alohida nazorat  o‘rnatiladi.

 Shuningdek, tadbirkorlik subyektlari va davlat statistika tizimi o‘rtasida amaldagi qonunchilikda belgilangan munosabatlarni yanada kuchaytirish, bevosita, muloqotlar tashkil etish orqali ularda yuzaga kelgan takliflar va muammolarni o‘rganish, mavjud muammolarni tezkor ravishda bartaraf etish va kelgusida oldini olish maqsadida, viloyat statistika boshqarmasi hamda hududiy statistika organlari tomonidan har oyda ikki marta tadbirkorlik subyektlari ishtirokida “Ochiq eshiklar kuni” (har oyning uchinchi chorshanba va juma kunlari) tashkil qilinadi.

Mazkur tadbirlar bevosita boshqarma, tuman va shahar statistika bo‘limlarining rahbarlari hamda mas’ul xodimlari ishtirokida o‘tkaziladi.

“Ochiq eshiklar kuni”da ishtirok etayotgan tadbirkorlik subyektlari faoliyatida uchrayotgan muammolarni muhokama qilgan holda, mas’ul xodimlar tomonidan tegishli tushuntirishlar beriladi va lozim bo‘lganda muammolarni tezkorlik bilan hal etish choralari ko‘riladi.

 

 

Samarqand viloyati statistika boshqarmasi


Дата добавления: 01/02/2022 11:00;   Просмотров: 989
 
Для чтения текста нажмите эту кнопку