Гулобод тонги Халқ депутатлари Самарқанд туман Кенгаши ва туман ҳокимлиги газетаси
Гулобод тонги Халқ депутатлари Самарқанд туман Кенгаши ва туман ҳокимлиги газетаси
www.gulobodtongi.uz

 
 

Soliqchilar korxonalarga nega bormoqda?

Iqtisodiyotimizning muhim bo‘g‘inlaridan biri sanalgan tadbirkorlikni rivojlantirishga qaratilgan izchil ishlar amalga oshirilmoqda. Jumladan, tadbirkorlik subyektlarini qo‘llab-quvvatlash, ularga zarur maslahat berish davlat soliq xizmati organlarining ustuvor vazifasiga aylandi. Samarqand viloyati davlat soliq xizmati organlari tomonidan “Soliqchi – tadbirkorga ko‘makchi” tamoyili asosida xo‘jalik yurituvchi subyektlarga ko‘maklashilmoqda.


Tuman davlat soliq inspeksiyasi Yuridik shaxslarga xizmat ko‘rsatish bo‘limi Tadbirkorlikni qo‘llab-quvvatlash sho‘basi tomonidan joriy yilda xo‘jalik yurituvchi subyektlardan 3366 tasining faoliyati o‘rganildi. O‘rganish mobaynida korxonalardan 354 tasiga dastlabki buxgalteriya hisobini yuritish, 549 tasiga soliq qarzi to‘g‘risida ma’lumot berish, 563 tasiga soliq rejimini tanlash bo‘yicha ko‘maklashildi. Shuningdek, xo‘jalik yurituvchi subyektlardan 441 tasiga soliq imtiyozlari va ularni qo‘llash tartibini tushuntirish, 605 tasiga shaxsiy hisobvarag‘idan ko‘chirma berish, 40 tasiga qo‘shilgan qiymat solig‘idan va 111 tasiga boshqa soliq turlaridan ortiqcha to‘lov summasini qaytarish, 7 tasiga soliq qarzi muddatini uzaytirish yuzasidan amaliy yordam ko‘rsatildi.
Tuman soliqchilari “Motrid mebel” va “Sam Selin Textile” mas’uliyati cheklangan jamiyatlari faoliyati bilan yaqindan tanishish, soliq qonunchiligidagi o‘zgarish va yangiliklar xususida tushunchalar berish maqsadida ushbu korxonalarga bordi.
– Korxonamiz mebel ishlab chiqarishga ixtisoslashgan deydi “Motrid mebel” mas’uliyati cheklangan jamiyati bosh hisobchisi O‘rozali Namozov. – Bugungi kunda 50 turdagi idora va uy mebel jihozlarini ishlab chiqaryapmiz. Tuman davlat soliq inspeksiyasi xodimlari “Soliqchi – tadbirkorga ko‘makchi” tamoyili asosida ko‘mak berib kelmoqda. Jumladan, soliqchilar korxonamizga kelib, soliq rejimini tanlash, elektron hisobotlarni shakllantirish bo‘yicha amaliy yordam berdi. Bundan tashqari, qo‘shilgan qiymat solig‘i va soliq imtiyozlarining qo‘llanilishiga doir savollarimizga batafsil javob oldik.

SH.AZIZQULOV,

tuman soliq inspeksiyasi Tadbirkorlokni qo’llab-quvvatlash sho’basi boshlig’i.


Последнее редактирование: 22/12/2021 11:34;   Просмотров: 2612
 
Для чтения текста нажмите эту кнопку