Savol: Qanday holatlar tayinlangan pensiya miqdorini qayta hisoblab chiqish uchun asos bo'ladi?
Javob: Vazirlar Mahkamasining 2022 yil 13-oktyabrdagi 592-son qarori bilan tasdiqlangan Davlat pensiyalarini tayinlash va to'lash tartibi to'g'risdagi nizomning 126-bandiga muvofiq, quyidagi holatlar tayinlangan pensiya miqdorini qayta hisoblab chiqish uchun asos bo'lib xizmat qiladi:
a) pensioner tomonidan pensiya hujjatlar yig'ma jildida mavjud bo'lmagan va pensiya miqdoriga ta'sir ko'rsatadigan qo'shimcha hujjatlar taqdim etilishi;
b) nogironlik guruhining o'zgarishi;
v) boquvchisini yo'qotganlik pensiyasini oluvchi oila a'zolari sonining o'zgarishi;
g) pensiyaga ustama haq olish huquqining paydo bo'lishi;
d) qonunchilikka muvofiq pensiyani hisoblash tartibi o'zgarganda, pensiya hisoblashning bazaviy miqdori va pensiya ishini tekshirish natijasida pensiya miqdorining oshishi yoki kamayishi;
e) daromadlarning indeksatsiya qilinishi.
Savollarga pensiya jamg‘armasi tuman bo‘limi katta inspektori D.Qulizoda javob berdi.
Copyright © 2024. Гулобод тонги. Сайт материалларидан фойдаланганда www.gulobodtongi.uz манбаи кўрсатилиши шарт.
Матнда хатолик топдингизми? Матнни танлаб CTRL+ENTER босинг.