Navbatdagi press-turda shular haqida so‘z bordi.
Qayd etish kerakki, bugungi kunda Samarqand tumanda 74 tamahallalarda yoshlar yetakchilari faoliyat olib bormoqda. Tuman mahalllarida joriy yilning yanvar-fevral oylarida olib borilgan xatlov jarayonida yoshlar balansi shakllantirilib, 65 ming 977 nafar 14-30 yoshdagi yoshlar aniqlanib, ular 3 toifaga yashil, sariq hamda qizil toifalarga ajratildi. Xatlov natijasiga ko‘ra “Yoshlar balansi”ga kiritilgan “Og‘ir” toifadagi 513 nafar yoshlar bilan induvidual ishlash belgilandi.
- 2023-2024 o‘quv yili bitiruvchilari soni 2134 nafarni tashkil etib, mehnat bozoriga yangi ishchi kuchi sifatida kirib kelmoqda, - deydi Samarqand tuman yoshlar ishlari bo‘limi boshlig‘i Sodiqjon To‘xtaev Harmari bolo mahallasida tashkil etilgan press-turda. - Ularning bandligini taminlash, hayotda munosib o‘rin topishiga ko‘maklashishga mutasaddi rahbarlar bilan aniq chora-tadbirlar ishlab chiqib, tizim yaratdik. Shuningdek, xorijdagi yoshlar xatlovdan o‘tkazilib, jami 7 oy davomida 271 nafar yoshlar vatanga qaytarilib, bandligi ta’minlandi.
Bundan tashqari O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh.Mirziyoev raisligida joriy yilning 12 yanvar kuni Xavfsizlik kengashining Qurolli Kuchlar va harbiy-ma’muriy sektorlarning navbatdagi yig‘ilishida Huquq-tartibot va mudofaa organlari rahbar kadrlariga mahallabay yoshlarni bo‘lib berish, ularni 7 toifaga bo‘lib, otaliqqa olish, yoshlar bilan ishlashda amalga oshirilgan chora-tadbirlarni ushbu yo‘nalishlar kesimida o‘rganishlar va uslubiy ko‘mak ko‘rsatish ishlari amalga oshirish belgilangan. Shu asosda Samarqand tumanidagi 19 ming 273 nafar yoshlar otaliqqa olindi. Ushbu yoshlarni 74 ta MFYlarga 6 ta huquq-tartibot va mudofaa organlari sektorlarga bo‘lingan holda 81 nafar mas’ullariga biriktirildi.
Press-tur davomida OAV vakillari mavzu yuzasidan o‘zlarini qiziqtirgan savollarga to‘liq javob olishdi.
Copyright © 2024. Гулобод тонги. Сайт материалларидан фойдаланганда www.gulobodtongi.uz манбаи кўрсатилиши шарт.
Матнда хатолик топдингизми? Матнни танлаб CTRL+ENTER босинг.