Tumandagi "Yagona" bazmgohida "Qishloq xo‘jaligi xodimlari kuni" munosabati bilan bayram tadbiri o‘tkazildi.
Tadbirda O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati a’zosi, "Zarafshon" va "Самаркандский вестник" gazetalari birlashgan tahririyati bosh muharriri F.Toshev va Samarqand tuman hokimi N.Mavlonovlar so‘zga chiqib, soha xodimlarini kasb bayrami bilan tabriklashdi. Shundan so'ng, 2021-yil davomida tumanda g‘alla va boshqa qishloq xo‘jaligi sohalarida sitqidildan mehnat qilgan, jonkuyarligi bilan soha rivojiga o‘z hissasini qo‘shgan bir guruh qishloq xo‘jaligi xodimlari tashakkurnoma va esdalik sovg‘alari bilan taqdirlandi.
Tadbir davomida elimiz suygan san’atkorlar tomonidan yangragan sho‘x qo‘shiqlar barchaga bayramona kayfiyat ulashdi.
Copyright © 2024. Гулобод тонги. Сайт материалларидан фойдаланганда www.gulobodtongi.uz манбаи кўрсатилиши шарт.
Матнда хатолик топдингизми? Матнни танлаб CTRL+ENTER босинг.