Fermer xo‘jaliklar rahbarlari va hisobchilari diqqatiga!
Fermer xo‘jaliklar tomonidan “Fermer xo‘jaligi faoliyati to‘g‘risida
2021- yil uchun hisobot” 1-FX shakli (yillik) Davlat statistika hisobotini
2022- yilning 25- fevral sanasidan kechiktirmasdan internet tarmog‘idan foydalangan holda Davlat statistika hisobotini elektron ko‘rinishda yig‘ish avtomatlashtirilgan e-Stat 4.0 (hisobot.stat.uz) axborot tizimi orqali elektron raqamli imzodan foydalangan holda taqdim etishingiz so‘raladi.
e-Stat 4.0 tizimida mavjud Davlat statistika hisobotlarining elektron shakli (shabloni)ni Davlat statistika qo‘mitasining www.stat.uz hamda viloyat statistika boshqarmasining www.samstat.uz rasmiy veb-saytidan olishingiz mumkin.
Samarqand tuman statistika bo’limi
Murojaat uchun telefonlar (66)612-53-32, (93)355-33-00
Copyright © 2024. Гулобод тонги. Сайт материалларидан фойдаланганда www.gulobodtongi.uz манбаи кўрсатилиши шарт.
Матнда хатолик топдингизми? Матнни танлаб CTRL+ENTER босинг.