Aholini “jinsi”, “yoshi” va “nikoh holati” demografik xususiyatlari turli xil ijtimoiy-iqtisodiy va demografik masalalarni tushuntirishga yordam berish uchun ro‘yxatga olish boshqa ma’lumotlarni tasniflash va ularni taqdim etishda muhim hisoblanadi. Jinsi va yoshiga kelsak bu ma’lumot ro‘yxatga olish doirasida so‘rov bilan qamrab olinadigan har bir shaxs bo‘yicha ma’lumot yig‘ilishi shart. Shundan kelib chiqqan holda, bunday ma’lumotlar tugallanmagan hollarda, “aniqlanmagan” javob variantini oldini olish maqsadida shartli yoki qo‘shimcha belgilardan foydalanish tavsiya etiladi.
Ro‘yxatga olish milliy va submilliy darajalarda tug‘ilishni baholashni samarali tarzda hisoblash uchun ma’lumotlarni to‘plash imkonini beradi. Ro‘yxatga olish doirasida tug‘ilsihni o‘rganish aholining tabiiy harakati statistikasining ishonchli tizimiga ega bo‘lmagan mamlakatlarda, uning ma’lumotlarini hisoblash uchun taqdim etish imkoniyati tufayli boshqa hollarda mumkin bo‘lmagan aholining tabiiy harakati ko‘rsatkichlarini ololmasligi uchun juda muhim hisoblanadi, hatto tug‘ilishni to‘liq ro‘yxatga olish tizimiga ega mamlakatlar ham, ba’zi bir savollarni (“tirik tug‘ilgan bolalar” soni, “yashayotgan bolalar”, “nikohga kirish yoshi”) qo‘shish foydali hisoblanadi. Negaki, registr ma’lumotlarida mavjud bo‘lmagan ma’lumotlarni, jumladan, ijtimoiy-iqtisodiy xususiyatlarini aks ettirgan jadvallarni olish imkonini beradi.
Ro‘yxatga olish doirasida har bir shaxsning jinsini ro‘yxatdan o‘tkazish kerak, Aholining jinsi, yoshi bilan birga, aholi sonining boshqa xususiyatlari bilan ko‘pincha o‘zaro tasniflangan ro‘yxatga olish belgisidir. Shu bilan birga, ushbu uchun ajratilgan yacheyka iloji boricha to‘liq va aniq to‘ldirilishi juda muhimdir. Agar ma’lumot bo‘lmasa, jinsi boshqa shaxs yoki uy ma’lumotlariga asoslangan holda aniqlanishi kerak.
Tuman statistika bo‘limi.
Copyright © 2024. Гулобод тонги. Сайт материалларидан фойдаланганда www.gulobodtongi.uz манбаи кўрсатилиши шарт.
Матнда хатолик топдингизми? Матнни танлаб CTRL+ENTER босинг.